Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
Onlayn o’qish uchun bo’lib to’lash
Sizning ta'limingiz biz uchun ustuvor vazifa. Sizga onlayn ta'lim uchun qulay to'lov shartlarini taklif qilamiz: kurslar uchun 3, 6, 9 yoki 12 oylik bo’lib to'lash imkoniyatlari mavjud. Yashirin foizlar yoki qo'shimcha to'lovlar yo'q. Bilimlar olamiga sayohatni bugundanoq boshlang, xarajatlarni esa o'zingiz uchun qulay tarzda taqsimlang.
30 kunlik
Istalgan kurs uchun to'lovni ikki qismga bo'lib, 30 kun ichida to'lashingiz mumkin. Agar ikkinchi to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmasa, kursga kirish huquqi to'lov to'liq amalga oshirilgunga qadar to'xtatib turiladi.
3 oydan 12 oygacha
3, 6, 9 va 12 oylik bo’lib to’lash. Bo'lib to'lashni rasmiylashtirish uchun pasportingiz va Uzcard yoki Humo plastik karta raqamingiz kerak bo’ladi.
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.