Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
PYTHON VA DJANGO’NI NOLDAN O’RGANISHINGIZGA YORDAM BERAMIZ!
Tajribali ustozlardan Python va Django’ni o'rganib, professional veb-dasturchiga aylaning. Dasturlash olamiga safaringizni hoziroq boshlang.
Python mashhur dasturlash tillari orasida liderlardan biri hisoblanadi
TOP #2
Global oqimning
bir qismiga
aylaning!
Python dunyodagi eng mashhur dasturlash tillari orasida ikkinchi o'rinda turadi. Bu Python sohasida karyeraviy rivojlanish va global miqyosdagi dasturchilar hamjamiyati bilan hamkorlik qilish uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjudligini anglatadi. Full Stack Python kursimiz bilan mana shunday hamjamiyatning bir qismi bo'lish imkoniyatini boy bermang!
Kursda nimalarni
o’rganasiz:
Python’da dasturlash
Python sintaksisini, ma'lumotlar tuzilmalarini va asosiy tushunchalarini o'rganasiz.
Django bilan ishlash
Django’dan foydalanib, texkor veb-ilovalar yaratishni o’rganasiz.
Veb-ilovalarni dasturlash
Real loyihalarda amaliyot qilasiz va veb-dasturlash bo’yicha eng yaxshi amaliy yechimlarni o’zlashtirasiz.
Kurs muallifining hikoyasi
Full Stack Python kursida tajribali o'qituvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan batafsil va tushunarli Python va Django materiallarini o’zlashtiring. Biz dasturlash dunyosiga ilk muvaffaqiyatli qadamingizni qo'yishda yordam beramiz va kursning har bir bosqichida sizni qo'llab-quvvatlaymiz.

Videoning davomiyligi: 03:29
Python va Django dasturchilari qancha daromad topadi
Ma’lumotlar vakansiya platformalaridan olingan.
Bir oylik daromad ko’rsatildi. Ma’lumotlar 2023-yil, O’zbekiston hududiga tegishli.
Middle
$1314
Senior
$3367
Junior
$600
Talabalar
bilan bilimda bellashing
Bilim va ko’nikmalaringizni namoyish qiling, kursning boshqa qatnashchilari bilan raqobatga kirishing. Kurs liderlari jadvali rivojlanish darajangizni kuzatib borish va olg’a intilishga bo’lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi.
Kursni tugatgach nimalarga erishish mumkin?
Amaliy mahorat va tajriba
Portfolio uchun real loyihalar hamda Python va Django bilan qimmatli tajriba.
Instrumentariy
Samarali ishlash uchun zaruriy instrumentlar va texnologiyalarni o'zlashtirish.
Sertifikat
Bilim va ko’nikmalaringizni tasdiqlovchi hujjat
Rezyumengizda quyidagi skill’lar paydo bo’ladi:
Dasturlash asoslari
Barcha dasturlash tillarining asosida turuvchi muhim dasturlash tamoyillari va tushunchalari bilan tanishasiz.
OOP
Katta masshtabli va samarali dasturlarni yaratishda kerak bo’ladigan meros, inkapsulyatsiya va polimorfizm kabi OOP tamoyillarini o'rganasiz.
Veb-ilovalar yaratish
Funksional veb-ilovalarni noldan loyihalash va yaratishni o'rganasiz.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (ORM)
Ma'lumotlar bilan samarali ishlash uchun ma'lumotlar bazasi va obyekt-relatsion xaritalash texnikasini o'zlashtirasiz.
RESTful veb-servislar va API
Ilovalar o'rtasida o'zaro bog’lanishni ta'minlash uchun RESTful veb-servislar va API’larni yaratish va ulardan foydalanishni o'rganasiz.
Git versiyalarini nazorat qilish
Loyihalarda jamoa bilan samarali ishlash uchun Git’dan foydalangan holda versiyalarni boshqarish vositalarini o'zlashtirasiz.
Kursda o’rganiladigan texnologiyalar
HTML
Veb-sahifalar tuzilmasi asoslari
Bootstrap
Adaptiv va chiroyli interfeyslar yaratish
Django
Veb-ilova yaratish uchun tezkor freymvork
RabbitMQ
Xabarlar bilan ishlashda qo’llaniladigan dasturiy ta’minot
DigitalOcean
Ilovalarni ishga tushirish uchun bulutli platforma
JavaScript
Veb-sahifalarda dinamik kontent yaratish uchun qo’llaniladigan skript tili
CSS
Veb-sahifalarni pardozlash va dizayn berish
Python
Eng mashhur dasturlash tillaridan biri
Django REST Framework
Django’dan foydalanib API yaratish
Heroku
Veb-ilovalar uchun hosting servisi sifatida foydalaniladigan platforma
Kurs tarkibi
O’qish qanday formatda bo’ladi?
1
Yopiq guruh
Barcha o’quvchilar yopiq Telegram guruhda to’planadi va darslardan keyin o’z savollarini berishlari mumkin bo’ladi.
2
Onlayn uchrashuvlar
Zoom orqali o’qituvchilar bilan doimiy ravishda onlayn uchrashuvlar o’tkaziladi
3
Videodarslar
Kurs davomida videodarslarga doimiy kirish imkoni beriladi
4
Bilimlarni sinash
Har bir modul yakunida sinov testlaridan o’tiladi
Kurs mentorlari
  • Anvar Nazrullayev
    PhD Computer Science / CEO Mohirdev
    Malayziya Islom fanlari universitetining kompyuter texnologiyalari kafedrasi katta mutaxassisi. Janubiy Koreyadagi Yeungnam universiteti doktoranti. Mohirdev platformasining asoschilaridan biri. Ilmiy yo'nalishi: axborot xavfsizligi, Internet sohasi, yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlari.
  • Jahongir Rahmonov
    Full Stack Python dasturchisi
    Dasturiy ta'minot muhandisi sifatida 7 yillik tajribaga ega mutaxassis. AQShda, Anaconda Inc kompaniyasida faoliyat yuritgan. Hozirda Amazon’da senior dasturchi lavozimida ishlab kelmoqda.
  • Muhammad Ermatov
    Full Stack Python dasturchisi
    Dasturiy ta'minot muhandisi sifatida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis. Hozirda Avstraliyadagi SageGrader kompaniyasida va Mohirdev’da dasturchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
O’zingizga qulay tarifni tanlang

Tarif

BITTADA TO'LOV

  • Darslar to’lov qilishingiz bilan boshlanadi
  • Har qanday usulda to’lov qilish imkoni
  • Har bir moduldan keyin sinov testi
  • Mentorlar bilan onlayn-uchrashuvlar
2.500.000 so'm
XARID QILISH
Bo'lib to'lashga xarid qilishni tanladingiz
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
Ma'lumotlarni yuboring
Biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.