Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
NODE.JS BACKEND DASTURLASH OLAMIGA MUVAFFAQIYATLI QADAM
Node.js orqali veb-maydonlarni zabt eting! Maxsus qo'llanmamiz bilan o'z mahoratingizni oshiring va murakkab veb-ilovalarni yarating.
Veb-ilovalarning tahminan
dan ortig'ida tezlik bilan bog'liq muammolar uchraydi
60%
Node.js yordamida sizning loyihalaringiz 3 baravar tezroq ishga tushadi
Node.js yuqori samaradorlikka ega veb-ilovalar yaratishda muhim ahamiyatga ega. Uning yordamida veb-saytingiz 3 baravar tezroq ishlaydi. Node.js bo'yicha mutaxassislar server yechimlarini ishlab chiqadi, ma'lumotlar bazalari bilan ishlashni optimallashtiradi va resursingiz xavfsizligini kafolatlaydi.
Kursda nimalarni
o’rganasiz:
Server dasturlash
Node.js’da asinxron dasturlashning to'liq kuchidan foydalangan holda kuchli server dasturlarini yaratish asoslari va ilg'or usullarini o'zlashtirasiz.
Optimallashtirish va xavfsizlik
Saytingizni potensial tahdidlardan himoya qilish orqali undagi jarayonlarni qanday qilib yaxshilash mumkinligini bilib olasiz.
Ma'lumot bazalari bilan ishlash
Node.js’da tezkor va masshtabli veb-yechimlarni yaratish orqali mashhur ma'lumot bazalari bilan samarali ishlashni o'rganasiz.
Kurs muallifining hikoyasi
Node.js kursining muallifi, Abdulla Haydarov, serverni rivojlantirish bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashadi va ushbu trening doirasida nimalarni o'rganishingiz mumkinligi haqida aytib beradi. Yangi bosqichdagi veb-ilovalar dunyosini kashf eting va Node.js bilan muvaffaqiyatli ishlash sirlari bilan tanishing. Bu AyTi olamida muvaffaqiyatli karyera qilishingiz uchun muhim kalit bo'lib xizmat qiladi.

Videoning davomiyligi: 03:17
Node.js dasturchisi qancha ishlab topadi
Ma’lumotlar vakansiya platformalaridan olingan.
Bir oylik daromad ko’rsatildi. Ma’lumotlar 2023-yil, O’zbekiston hududiga tegishli.
Middle
$1125
Senior
$2875
Junior
$600
Talabalar
bilan bilimda bellashing
Bilim va ko’nikmalaringizni namoyish qiling, kursning boshqa qatnashchilari bilan raqobatga kirishing. Kurs liderlari jadvali rivojlanish darajangizni kuzatib borish va olg’a intilishga bo’lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi.
Kursni tugatgach nimalarga erishish mumkin?
Amaliy mahorat va tajriba
Node.js’da amaliy topshiriqlarni bajarish orqali veb-ilovalarni yaratishda tajribaga ega bo'lasiz.
Instrumentariy
Node.js’da ishlatiladigan asosiy instrumentlar va texnologiyalarni o'zlashtirasiz.
Sertifikat
Node.js bilan bilim va ko’nikmalaringizni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo’ling.
Rezyumengizda quyidagi skill’lar paydo bo’ladi:
ExpressJS va MVC
ExpressJS so'rovlarini yaratish hamda MVC tamoyillari asosida kod tuzish.
Shablonlar va kontent
Ma'lumotlarni dinamik ravishda taqdim qilish uchun Pug, Handlebars, EJS’lardan foydalanish.
Ma'lumot bazalari va ORM
PostgreSQL, MongoDB, SQLite bilan ishlash va Sequelize orqali integratsiya.
Autentifikatsiya va xavfsizlik
Sessiyalar, kuki-fayllar va autentifikatsiya mexanizmlarini boshqarish.
API va interaktivlik
RESTful API’ni ishlab chiqish va Websocket bilan interaktiv dasturlarni yaratish.
Joylashtirish va chop etish
Serverda loyihalarni joylashtirish va optimallashtirish.
Ta'lim jarayonida o'rganilgan texnologiyalar
Node.js
Tezkor dasturlarni yaratish uchun JavaScript’dagi server platformasi.
Express
Node.js uchun veb-freymvork, so'rovlarni qayta ishlashni osonlashtiradi.
Git
Koddagi o'zgarishlarni kuzatib turish uchun versiyalarni boshqarish tizimi.
Postgres
Samarali relyatsion ma'lumotlar bazasi.
SQLite
Kichik loyihalar uchun o'rnatilgan ma'lumotlar bazasi.
MongoDB
JSON formatidagi moslashuvchan NoSQL ma'lumotlar bazasi.
Sequelize
Node.js’dagi relatsion bazalar bilan ishlash uchun ORM
nginx
Kontentni saqlash va yuklamalarni muvozanatlash uchun veb-server.
PM2
Node.js dasturlarini boshqarish uchun yordamchi dastur.
Kurs tarkibi
O’qish qanday formatda bo’ladi?
1
Yopiq guruh
Barcha o’quvchilar yopiq Telegram guruhda to’planadi va darslardan keyin o’z savollarini berishlari mumkin bo’ladi.
2
Onlayn uchrashuvlar
Zoom orqali o’qituvchilar bilan doimiy ravishda onlayn uchrashuvlar o’tkaziladi
3
Videodarslar
Kurs davomida videodarslarga doimiy kirish imkoni beriladi
4
Bilimlarni sinash
Har bir modul yakunida sinov testlaridan o’tiladi
Kurs mentori
  • Bexruz Xolmo’minov
    Node.js dasturchisi
    Bexruz Xolmo’minov O’zbekistondagi "CLICK" va Janubiy Koreyadagi "CHOWIS" kompaniyalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Hozirda u Amerikaning "JIBE" kompaniyasida asosiy mutaxassis sifatida ishlamoqda. Bexruz o’zining professional faoliyatidan tashqari, dasturlash bo’yicha YouTube’dagi mashhur kanallardan birining asoschisi ham hisoblanadi.
O’zingizga qulay tarifni tanlang

Tarif

BITTADA TO'LOV

  • Darslar to’lov qilishingiz bilan boshlanadi
  • Har qanday usulda to’lov qilish imkoni
  • Har bir moduldan keyin sinov testi
  • Mentorlar bilan onlayn-uchrashuvlar
2.500.000 so'm
TANLASH
Bo'lib to'lashga xarid qilishni tanladingiz
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
Ma'lumotlarni yuboring
Biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.