Frontend React JS
Toza kod yozish orqali xalqaro talablarga javob beruvchi veb ilovalar va saytlar yaratishni oʻrganing. Mahalliy yoki xalqaro kompaniyalarda oʻz oʻrningizni toping, yoki frilans dastruchi boʻling.
Ulug'bek SamigjOnov
Kurs 1 aprel, 2024 yil tayyorlangan
  • Eng aktual ma'lumotlar
  • 300+ topshiriqlar, takrorlanmas keyslar
  • Kurs eksperti bilan onlayn uchrashuvlar
  • Tez start olish uchun
    ko'nikmalarni rivojlantirish
  • Soha kuchlilaridan iborat jamiyat va netvorking
  • Istagan vaqtingizda oʻqiysiz, ammo intizom uchun muddatlar beriladi
6 oyda nimani o’rganasiz?
HTML, CSS va JavaScriptʼda kod yoza olasiz
React kutubxonasi yordamida sayt va ilova yarata olasiz
Xalqaro kompaniyalar talabi darajasida toza kod yoza olasiz
Bizneslarning ixtiyoriy talabi va ehtiyojiga mos sayt yoki ilova yarata olasiz
Biznes vazifalarga dasturlash orqali yechim bera olasiz
Sayt va ilovalarni testdan oʻtkazasiz, xatolarni toʻgʻrilaysiz
Va yana...
Eng muhimi, dasturlash sohasidagi tanishlaringiz safini kengaytirasiz, ekspertlar bilan aloqa oʻrnatasiz, yopiq jamiyat aʼzosiga aylanasiz
Kurs kim uchun
mos keladi?
Dasturlashga yangi kirganlar uchun
Kod yozishni noldan oʻrganing va birinchi portfolioingizni yarating
Mustaqil oʻrganishni boshlaganlar
Tajribali soha mutaxassislar yordamida bilimingizni tizimlashtiring, dasturlashni oʻrganishda davom eting
Boshqa soha
vakillari
Oʻzingizni yangi sohada sinab koʻring, ishga joylashish boʻyicha maslahatlar oling, mutaxassislar bilan netvorkingda qatnashing
Modul 1
HTML kursi
HTML texnologiyasini o’rganish davomida veb-sahifalarning tuzilishini va ularning yaratailishini o’rganasiz. Shuningdek matn, sarlavhalar, paragraflar yaratish va ularni formatlash ko’nikmalariga ega bo’lsaiz. Tasvirlar, havolalar va jadvallar kabi muhim elementlardan foydalanish, audio va video kabi multimedialarni veb-saytga joylashni o’rganasiz.
Modul 2
CSS kursi
CSS texnologiyasi sizga tasvirlarni o'zingiz xohlagan joyga joylashtirishni, maketlarni boshqarishni,matnlarga ko'zni qamashtiruvchi shriftlar, ranglar va uslublar qo'shishni, hatto ajoyib animatsiyalar yaratishni o'rgatadi. Shuningdek, veb-saytlaringiz telefonlardan tortib to katta o’lchamdagi gadjetlarda ham ajoyib ko'rinishga ega bo’ladigan o’zgaruvchan dizayn yaratishni o’rgatadi.
Modul 3
Bootstrap
Bootstrap frameworki sizga tez, oson, va moslashuvchan veb-saytlar yaratish imkonini beradi. Asosiy sahifalar, navigatsiya paneli, tugmalar va boshqalar, barchasi Bootstrap-ning oldindan o'rnatilgan komponentlari va klasslari bilan. Bootstrap rasmlar va forma elementlaridan tortib, veb-saytlaringiz dizayni va o’lchamini o’zgartirmagan holatda, istalgan qurilmada ochishini ta’minlab beradi. Bootsrap yordamida minimal kodlash bilan zamonaviy va professional ko'rinishdagi veb-saytlarni yaratasiz.
Modul 4
SASS
Sass bilan CSS ish jarayonini soddalashtiring! Ushbu texnologiya sizning mavjud CSS bilimlaringizdan foydalanib, o’'zgaruvchilar, miksinlar va nesting orqali toza va har qanday brauzer qo'llab-quvvatlaydigan CSS kodlarini yozishga imkon beradi. Takroriy vazifalarni avtomatlashtirish va ulardan qayta foydalanish xususiyatlari orqali ish samaradorligini oshiradi.
Modul 5
Git asoslari
Git texnologiyasi loyihadagi kodlaringizni samarali boshqarish imkonini beradi. Kodingizdagi o'zgarishlarni kuzatish, boshqa dasturchilar bilan hamkorlik qilish va kerak bo'lsa kodingizda o’zgarishlardan oldingi versiyalariga qayta olasiz. Github platformasida repositories, commits va branches kabi tushunchalarni tushunib olib, loyihalar ustida muammosiz ishlaysiz.
Modul 6
Javascript asoslari
JavaScript yordamida veb-saytlaringizni jonlantiring! JavaScript dasturlash tili sizga interaktivlik kuchini beradi. Statik HTML sahifalaridan tashqariga chiqamiz va veb-saytlarimizni dinamik va jozibali qilamiz.Javascript oʻzgaruvchilar, maʼlumotlar turlari va boshqaruv oqimi kabi asosiy tushunchalar yordamida animatsiya qoʻshish, foydalanuvchi maʼlumotlarini qayta ishlash va moslashuchan veb-sahifalarni yaratish vositalarini taqdim etadi. JavaScripti bilan veb-saytlarni passivdan interaktivga aylantirishni oʻrganamiz.
Modul 7
Javascript advanced
JavaScript Advanced kodlash ko'nikmalaringizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Javascript Advanced yordamida obyektga yo'naltirilgan dasturlash, Promises va async/wait bilan asinxron kodni bajarish va kengaytirilgan DOM manipulyatsiyasi kabi kuchli xususiyatlar orqali murakkab foydalanuvchi interfeyslarini yaratish, real vaqtda ma'lumotlar bilan ishlash va samarali, kengaytiriladigan veb-ilovalarni yaratish kabi imkoniyatlarga ega bo’lamiz.
Modul 8
Typescript asoslari
TypeScript yordamida JavaScript-ni yuqoriolib chiqamiz! Ushbu texnologiya kodingizni statik kod yozish bilan mustahkamlaydi va veb-saytingizni ishga tushirmasdan oldin xatolarni aniqlash imkoniga ega bo’lasiz .TypeScript JavaScript kodlariga aniqlik va struktura qo'shib, katta loyihalarni saqlash va hamkorlik qilishni osonlashtiradi.
Modul 9
ReactJS
ReactJS bilan komponentlarga asoslangan dasturlashni amalga oshiramiz! ReactJS orqali veb-saytingiz uchun takroriy kodlarsiz, murakkab interfeyslarni birlashtirishga imkon beruvchi, qayta ishlatiladigan qurilish bloklarini yaratish imkoniga ega bo’lasiz. ReactJS sizga o’zgaruvchan ma’lumotlarni boshqarish bilan qayta foydalanish mumkin bo'lgan UI komponentlarini yaratishda yordam beradi. Ushbu texnologiya orqali foydalanuvchi interfeyslarini vizualizatsiya qilishni osonlashadi. Dinamik va sezgir veb-ilovalarni yaratibgina qolmasdan nafaqat ajoyib ko’rinishga ega, balki samarali va texnik xizmat ham ko’rsata oladi.
Modul 10
Intervyuga tayyorgarlik
O’z sohangizdagi eng yirik va top kompaniyalarda ishlashni yoki shunday kompaniyalarda intervyu o’tkazishni orzu qilganmisiz? Ish uchun ntervyular qo'rqinchli bo'lib tuyulishi mumkin, lekin ular asosan ish beruvchi bo’lajak xodim o’rtasidagi suhbatlar bo'lib, unda siz o'z mahoratingizni ko'rsatasiz va nima uchun siz ushbu kompaniya nega sizni tanlashi kerakligi haqida faktorlarni ko’rsatib berasiz.
Nimaga ega boʻlasiz?
  • Ekspert tomonidan yaratilgan professional kurs
    Ulugʻbek Samigjonov
    Kuchli dasturchilar xalqaro roʻyxatiga kiritilgan kam sonli mutaxassislardan. Dasturchilikni stajorlikdan boshlagan, hozirda esa VEED.IO xalqaro kompaniyasida Growth Engineer boʻlib ishlaydi. Undan tashqari CloudLinux, EPAM, Toptal kompaniyalarida ham tajriba orttirgan.
    Umumiy hisobda 8 yildan beri shu sohada faoliyat yuritadi, 4 yildan beri yangilarga bilimini ulashadi.
  • Dasturchilarning yopiq jamiyatiga qoʻshilasiz, tanishlaringizni koʻpaytirasiz
  • Kursni tugallaganingizdan soʻng sertifikat beriladi
Ommabop savollar

Kursda siz hammasini boshidan boshlaysiz, chunki kurs sohaga endi kirib kelayotgan yangilarni hisobga olib yaratilgan. Sizdan oʻqishga xohish va harakat talab qilinadi, xolos. Kursimizdagi qadam-baqadam yoʻllanmalar va amaliy vazifalar oʻrganib olishingizni osonlashtiradi. Savol berishdan va jamiyatda faol boʻlishdan uyalmasangiz boʻldi.

6 oy ichida mutaxassisdan toza kod yozishni oʻrganing.
Birinchi qadamni qoʻying yoki kasbingizni oʻzgartiring

Tarif

BITTADA TOʼLOV

Kursni sotib oling va oʼrganishni boshlang.

3 000 000 soʼm
XARID QILISH

Boʼlib toʼlash

3 VA 6 MARTALIK TOʼLOV

3 oydan 6 oygacha foizsiz muddatli toʼlov

asosida kursni xarid qilishingiz mumkin.

500 000 soʼm × 6 oy
Yoki
1 000 000 soʼm × 3 oy
XARID QILISH
Barcha huquqlar himoyalangan.
© Mohirdev 2023.
KOMPANIYA