Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
MIJOZLARNI JALB QILADIGAN DIZAYNLARNI YARATING
Bizning kurs sizga Facebook, Instagram va Telegram uchun nafaqat chiroyli, balki marketing jihatidan samarali bo’ladigan virusli dizayn kontentlarini yaratishni o’rgatadi.
xaridorlar mahsulot sotib olishdan avval brendning ijtimoiy tarmoq sahifalarini ko’rib chiqadi
85%
Dizayn yordamida mijozlarni jalb qilishni o’rganing
Ushbu universal kurs dizaynerlar va ijtimoiy media olamida taniqliligini maksimal darajada oshirishni istagan biznes egalari uchun mo'ljallangan. Bu yerda dizaynning vizual jihatlarini o'zlashtirish bilan birga kuchli vizual xabarlar orqali marketing, iste'molchi psixologiyasi va mijozni ushlab turish san'atini ham o’rganasiz.
Kursda nimalarni
o’rganasiz:
Photoshop asoslari
Ijtimoiy media vizual materiallarini yaratishda asos bo’lib xizmat qiladigan Photoshop dasturining asosiy instrumentlari va texnikasi bilan tanishasiz
Marketing psixologiyasi
Diqqatni jalb qiladigan va auditoriyani qiziqtiradigan dizaynlar yaratishda marketing va psixologiya tamoyillaridan foydalanishni bilib oling.
Professional portfolio
Amaliy darslarda o’z portfoliongizni yaratasiz, u mijozlarga mahoratingizni ko’rsatib berishingizda yordam beradi va ish topishingizda tashrif qog’ozi bo’lib xizmat qiladi.
Kurs muallifining hikoyasi
Ismoil Safarov, Socially Design Agency agentligining art-direktori, 6 yillik tajribaga ega mutaxassis, ijtimoiy tarmoqlar uchun dizayn yaratish bo’yicha bilimlari va insaytlarini siz bilan bo’lishadi. Ilk darslardanoq, auditoriyani jalb qilish va mijozlarni ushlab qolish uchun dizayn instrumentlaridan to’g’ri foydalanishni, marketing va psixologiya tamoyillarini amalda qo’llashni o’rganib olasiz.

Video davomiyligi 03:36
Grafik dizayner qancha daromad topadi
Ma’lumotlar vakansiya platformalaridan olingan.
Bir oylik daromad ko’rsatildi. Ma’lumotlar 2023-yil, O’zbekiston hududiga tegishli.
Middle
$750
Senior
$1150
Junior
$400
Talabalar
bilan bilimda bellashing
Bilim va ko’nikmalaringizni namoyish qiling, kursning boshqa qatnashchilari bilan raqobatga kirishing. Kurs liderlari jadvali rivojlanish darajangizni kuzatib borish va olg’a intilishga bo’lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi.
Kursni tugatgach nimalarga erishish mumkin?
Amaliy mahorat va tajriba
Ijtimoiy tarmoqlar uchun turli xil dizayn loyihalari ustida ishlab, haqiqiy tajribaga ega bo'lasiz.
Instrumentariy
Ijtimoiy tarmoqlarda sifatli dizayn yaratish uchun kerak bo’ladigan instrumentlar va texnikalarni o'zlashtirasiz.
Sertifikat
Kursni tugatgandan so'ng malakangizni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo’lasiz.
Rezyumengizda quyidagi skill’lar paydo bo’ladi:
Vizual storitelling
Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriya faolligini oshirish uchun vizual jihatdan qiziqarli storislar yaratish mahorati.
Photoshop dasturida ishlash
Professional dizayn yechimlarini ishlab chiqishda kerak bo’ladigan ilg’or Photoshop ko'nikmalari.
Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent-strategiya
Oxvat va faollikni oshiradigan kontent strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyati.
Ranglar psixologiyasini tushunish
Samarali dizayn yechimlarini yaratish jarayonida ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri haqidagi bilimlardan foydalanish.
Maket va prototiplar bilan ishlash
Har xil ijtimoiy platformalar uchun maketlarni yaratish va moslashtirish ko'nikmalari.
Vizual kontentni tahlil qilish va optimallashtirish
Vizual kontent samaradorligini tahlil qilish va biznes maqsadlariga erishish uchun uni optimallashtirish.
Kursda o’rganiladigan texnologiyalar
Adobe Photoshop
Tasvirlar va murakkab dizayn yechimlarini yaratishdagi asosiy vosita.
Font Identification Tools
Dizayningizga mos keladigan shriftlarni aniqlash va tanlashga yordam beradigan instrumentlar.
Screen Capture Tools
Dizayn g'oyalarini ko’rsatib berish va muhokama qilishda qo’l keladigan ekranni tasvirga olish instrumentlari
Kurs tarkibi
O’qish qanday formatda bo’ladi?
1
Yopiq guruh
Barcha o’quvchilar yopiq Telegram guruhda to’planadi va darslardan keyin o’z savollarini berishlari mumkin bo’ladi.
2
Onlayn uchrashuvlar
Zoom orqali o’qituvchilar bilan doimiy ravishda onlayn uchrashuvlar o’tkaziladi
3
Videodarslar
Kurs davomida videodarslarga doimiy kirish imkoni beriladi
4
Bilimlarni sinash
Har bir modul yakunida sinov testlaridan o’tiladi
Kurs mentori
  • Ismoil Safarov
    Socially Design Agency Art-direktori
    Dizayn sohasida 6 yildan ortiq tajribaga ega professional mutaxassis. Hozirgi kunda Socially Design Agency agentligining asoschisi va Art-direktori hisoblanadi. Ismoil Safarov talabalarga nafaqat nazariy bilim beradi, balki o’zining qimmatli amaliy tajribalari bilan ham o'rtoqlashadi.
O’zingizga qulay tarifni tanlang

Tarif

BITTADA TO'LOV

  • Darslar to’lov qilishingiz bilan boshlanadi
  • Har qanday usulda to’lov qilish imkoni
  • Har bir moduldan keyin sinov testi
  • Mentorlar bilan onlayn-uchrashuvlar
1.000.000 so'm
TANLASH
Bo'lib to'lashga xarid qilishni tanladingiz
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
Ma'lumotlarni yuboring
Biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.