Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash

O'zbekistandagi birinchi onlayn ta’lim platformasi

Bizning jamoamiz ikki yilda qanday yutuqlarga erishganligi haqida videoni ko'ring.
Mohirdev bugun
Biz o'z o'quvchilari bilan bilim va tajribasini baham ko’rishga tayyor turgan professionallar hamjamiyatimiz. Bizning jamoa AyTi sohasida professional rivojga intilayotgan 50 000 dan ortiq faol foydalanuvchilarni birlashtirgan O'zbekistondagi yetakchi onlayn platformani yaratdi.
Mohirdev jamoasi
Afzalliklarimiz
Bizning kurslar nazariya va amaliyotga asoslanadi, darslar esa o'zbek tilida ham taqdim etiladi, bu – katta afzallik. Biz nafaqat video darslarni, balki olingan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradigan test topshiriqlarini ham ishlab chiqdik. Bizning o'qituvchilar har doim savollaringizga javob berishga tayyor. Doimiy ravishda o’tkaziladigan ZOOM uchrashuvlari bo’lsa, siz duch kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilib olishga imkon beradi. Masofadan o'rganish imkoniyati, innovatsion texnologiyalar va mentorlarning doimiy qo'llab-quvvatlashi kurslarimizning o’ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.
O’zbek tilidagi darslar
Kurslar o’zbek tilida ham mavjud, barcha materiallar har bir o’quvchi uchun tushunarli shaklda.
Katta jamoa
Bitta jamoaga to’plangan AyTi mutaxassialari
50 000 dan ortiq o’quvchilarni qo’llab-quvvatlashga tayyor
Amaliy yondashuv
Nazariy bilimlar va amaliy topshiriqlar uyg’unligi talabalarga olingan ko'nikmalarni amalda qo'llash imkonini beradi.
Kompaniya tarixi
Bizning yo'limiz har bir inson uchun o'rganish va rivojlanish imkoniyatini beradigan platforma yaratish g'oyasidan boshlandi. Shu g’oya asosida biz xalqaro startap tanlovlarida qatnashdik, sarmoyalarni jalb qilishni uddaladik va ayni damda jamoamiz hamda talabalarimiz tufayli o'sishda davom etmoqdamiz.
2021-yil, iyul
Start
Mohirdev o’z faoliyatini boshladi va ilk talabalarni qabul qildi
2021-yil, sentyabr
O’sish
Mohirdev’ning birinchi 5 ta Praktikum kurslarini tayyorladik
2021-yil, dekabr
Chegaralarni kengaytirish
2022-yil, mart
Yangi loyihalar
Mohirpool – yosh dasturchilar uchun akselerator loyihasi start oldi
2023-yil, may
MohirAI
O’zbek tilidagi birinchi til assistenti (NLP) ishga tushdi
2023-yil, Sentyabr
Yanada ko’p bilimlar
Endilikda Mohirdev Praktikum’lari qatorida 18 xil kurs mavjud
Jamoa
Jamoamiz 50 dan ortiq mutaxassislarni birlashtirgan va biz ular bilan faxrlanamiz. Jamoamiz a’zolarining barchasi katta tajribaga ega o'qituvchilar, dasturchilar, dizaynerlar va marketologlardir. Ular bilan birga biz minglab odamlarga o'zlarining professional maqsadlariga erishishda yordam beradigan noyob kurslarni yaratib kelmoqdamiz.
“Mohirdev – bu shunchaki ta’lim emas, bu o’zgarish ishtiyoqida yonayotgan yosh yuraklar uchun bir mayoqdir. Biz birgalikda har bir inson o’z hayotini AyTi bilimlari yordamida o’zgartira oladigan kelajakni yaratamiz”
Dr. Anvar Narzullaev
CEO Mohirdev
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.