Mohirdev bilan bilim yo'lingizni boshlang
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
AYTI KARYERASINING FRONTI’DA BO'LING!
Kursda o’qib, tajribali Front-End dasturchisi bo'lish uchun barcha kerakli ko'nikmalarni o'rganing. 50 dan ortiq bo’limlardan iborat amaliy kurs sizni kutmoqda!
Front-End dasturchilariga bo’lgan talab 2029 yilgacha yana
8%
ga o’sadi
Talab ortib borayotgan sohani o’rganing
Front-End dasturchilariga bo’lgan ehtiyoj barqaror o'sib bormoqda; 2029-yilga kelib ularga bo’lgan talab yana 8 foizga oshadi. Ushbu istiqbolli sohada o'z o’rningizni topish imkoniyatini boy bermang. Kursimiz rivojlanish yo’lini muvaffaqiyatli boshlashingiz uchun kerak bo’ladigan barcha ko'nikmalar va instrumentlarni taqdim etadi.
Kursda nimalarni
o’rganasiz:
HTML va CSS
Veb-sahifalar strukturasi va ularni uslublashtirishni o’rganasiz.
JavaScript
Saytga interaktivlik qo’shishni o’rganasiz.
Git va GitHub
Variativ nazorat va jamoaviy ish tamoyillarini o’rganasiz.
Kurs muallifining hikoyasi
Ushbu videoda tajribali frontend dasturchisi Muhammadjavohir Sur’atov kursni tugatgandan so'ng qanday ko'nikma va bilimlarga ega bo'lishingiz haqida gapirib beradi. U, shuningdek, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashib, kasbiy rivojlanishingizga yordam beradigan qimmatli maslahatlar berib o’tadi.

Videoning davomiyligi: 02:53
Front-End dasturchilari qancha daromad topadi
Ma’lumotlar vakansiya platformalaridan olingan.
Bir oylik daromad ko’rsatildi. Ma’lumotlar 2023-yil, O’zbekiston hududiga tegishli.
Middle
$1350
Senior
$2800
Junior
$312
Talabalar
bilan bilimda bellashing
Bilim va ko’nikmalaringizni namoyish qiling, kursning boshqa qatnashchilari bilan raqobatga kirishing. Kurs liderlari jadvali rivojlanish darajangizni kuzatib borish va olg’a intilishga bo’lgan motivatsiyani oshirishga yordam beradi.
Kursni tugatgach nimalarga erishish mumkin?
Amaliy mahorat va tajriba
Real loyihalarda o’zingizni sinab, tajribaga ega bo’lasiz. Bu professional mutaxassis sifatidagi qiymatingizni oshiradi.
Instrumentariy
Front-End dasturlashda kerak bo’ladigan tegishli texnologiyalar va instrumentlarni o’zlashtirasiz.
Sertifikat
Mahoratingiz va bilimingizni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo’lasiz, bu ish topishingizda ayniqsa qo’l keladi.
Rezyumengizda quyidagi skill’lar paydo bo’ladi
HTML va CSS bilan ishlash ko’nikmasi
Har qanday murakkablikdagi moslashuvchan saytlarni yaratish
JavaScript dasturlash
Saytda interaktiv elementlarni realizatsiya qilish.
Git va GitHub’ni yuritish
Variativ nazorat va loyihalar ustida birgalikda ishlash
Kursda o’rgatiladigan texnologiyalar
HTML
Har qanday saytning asosi
Java Script
Interaktivlik va dinamika
BootStrap
Tez va effektiv uslublashtirish
CSS
Kreativ va unikal dizayn uchun
Sass
Uslublar bilan ishlashdagi ilg’or texnologiya
Pug
HTML bilan ishlashni osonlashtiradigan shablonizator
Kurs tarkibi
O’qish qanday formatda bo’ladi?
1
Yopiq guruh
Barcha o’quvchilar yopiq Telegram guruhda to’planadi va darslardan keyin o’z savollarini berishlari mumkin bo’ladi.
2
Onlayn uchrashuvlar
Zoom orqali o’qituvchilar bilan doimiy ravishda onlayn uchrashuvlar o’tkaziladi
3
Videodarslar
Kurs davomida videodarslarga doimiy kirish imkoni beriladi
4
Bilimlarni sinash
Har bir modul yakunida sinov testlaridan o’tiladi
Kurs mentori
  • Muhammadjavohir Sur’atov
    Front-End dasturchisi
    Tajribali Front-end dasturchisi, Mayoq loyihasi muallifi
O’zingizga qulay tarifni tanlang

Tarif

BITTADA TO'LOV

  • Darslar to’lov qilishingiz bilan boshlanadi
  • Har qanday usulda to’lov qilish imkoni
  • Har bir moduldan keyin sinov testi
  • Mentorlar bilan onlayn-uchrashuvlar
2.000.000 so'm
TANLASH
Bo'lib to'lashga xarid qilishni tanladingiz
Ma'lumotlarni yuboring va biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
Ma'lumotlarni yuboring
Biz siz bilan yaqin vaqtda bog'lanamiz. Kursni tanlashga va ta'limni boshlashga yordam beramiz.
+50,000 o'quvchilar
Kurslar uchun muddatga taqsimlash
Savollaringiz bormi?
Ularga javob beramiz!
08:00 - 21:00
Dushanba-Shanba
Praktikum kurslari qanday o’tadi?
Praktikum kurslari 3 oydan 9 oygacha davom etadi. Ular kompleks o’quv dasturiga ega bo’lib, talabalarni aniq bir yo’nalishni puxta egallashlariga moslashtirilgan. Praktikum kurslari katta hajmdagi ma’lumotlarni qamrab olgani uchun ham ularning davomiyligi uzoqroq bo’ladi.
Kurslar qanday shaklda o’tkaziladi?
Kurslar video darslar va test topshiriqlarini o'z ichiga oladi. O'qituvchi va talabalar o'zaro muloqot qilishi uchun maxsus Telegram guruhi mavjud. Platformada onlayn video darslar berib boriladi.
Kursdan keyin ish topolamanmi?
Praktikum kurslarida ishga joylashishda kerak bo’ladigan barcha eng muhim bilim va ko’nikmalarni olasiz. Bundan tashqari, ishga joylasha olish imkoniyati sizdagi shaxsiy ko’nikmalar, muloqot layoqati va jamoaga qay darajada kirishib keta olishingizga ham bog’liq.
Bitta kursdan bir nechta odam foydalansa bo’ladimi?
Har bir sotib olingan kursga faqatgina uni xarid qilgan foydalanuvchi egalik qilishi mumkin. Kursni 3-shaxslarga berish yoki tarqatish taqiqlanadi.
Kurs to’lovini bo’lib to’lash mumkinmi?
Ha, kurs to’lovi uchun 30 kundan 12 oygacha bo’lib to’lashni rasmiylashtirishingiz mumkin.