Uzbek

"Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritildi

Yangiliklar
🏆 Mohirdev Jenevada boʻlib oʻtgan "Migration Challenge" startaplar tanlovida gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Tanlovda muhojirlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan 500 dan ortiq startaplar qatnashdi.

Mohirdev oʻz taqdimotida:
— minglab yoshlar hayotining oʻzgarishiga sabab boʻlayotgan Mohirdev Praktikum onlayn IT kurslar platformasini;
— 500 mingdan ortiq insonlarga chet tillarini oʻrgatayotgan Ibrat Farzandlari;
— ish beruvchilar va ish qidiruvchilarni bogʻlaydigan yangi Mohirlar loyihalarini namoyish qildi.

Hozirgi kunda Mohirdev taʼlim platformasida 50 000 dan ortiq insonlar, jumladan 9 000 dan ziyod muhojirlar zamonaviy kasblarni oʻrganib kelayotgani ham alohida eʼtirof etildi.

⚡️ Mohirdev AyTi sohasidagi barcha yoʻnalishlarni qamrab olgan. Foydalanuvchilar kasbga yoʻnaltirilgan taʼlimni oʻzbek va tez kunda rus tilida ham olishlari mumkin boʻladi.

Biz har qadamimiz bilan inson oʻz rivoji uchun imkon topa oladigan dunyoni qurishdan toʻxtamaymiz.

Yangi marralarga erishishda yelkama-yelka turgan Mohirdev jamoasi, biz uchun qimmatli boʻlgan foydalanuvchi va kuzatuvchilarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!