TAMKEEN
Moddiy qiyinchilik sabab dasturchi
boʻla olmayotgan yoshlar uchun
xayriya loyihasi
KIMLAR QATNASHA OLADI?
Kam taʼminlangan oila farzandlari
  • oilaning yagona boquvchilari
  • boquvchisini yo‘qotgan, mehribonlik uylarida tarbiyalanganlar
  • kam-taʼminlanganlar roʻyxatiga kiritilganlar
  • temir daftar, yoshlar daftariga kiritilganlar
Nogironligi bor yoshlar
  • Loyihada ishtirok etish uchun yosh chegarasi mavjud. Faqat 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlargina ishtirok eta oladi
  • Jismoniy nuqson sabab uyda qolishga majbur, ammo aqliy mehnatga layoqatli yoshlar
16–30 yosh oraligʻidagi yoshlar
Loyiha bosqichlari
Hujjatlaringizni yuborasiz:
I bosqich
  • Oʻzlashtirish koʻrsatkichingiz koʻrsatilgan hujjat (maʼlumotnoma, shahodatnoma, diplom ilovasi)
  • Qoʻshimcha mashgʻulotlaringizdan hujjatlar (diplom, sertifikat, faxriy yorliq)
  • Motivatsion xat
  • Tavsiyanoma
  • Qoʻshimcha hujjatlar (nogironlik, kam taʼminlanganlik haqida maʼlumotnoma)
Suhbat
  • Ochiq savollar orqali loyiqligingiz, aqliy imkoniyatlaringiz sinaladi. Suhbat yashash joyingizdan kelib chiqib onlayn yoki oflayn boʻlishi mumkin
II bosqich

Loyiha haqida

Tamkeen – bu xayriya fondi bo'lib, unda moddiy qiyinchiliklar sabab dasturchilik kasbini egallay ola olmayotgan yoshlar Mohirdev kurslardan birini bepul olishi mumkin.

Agar ishtirokchi oʻrganish uchun kompyuterga ega boʻlmasa, loyiha doirasida kompyuterlar ham taqdim etiladi.

Tamkeen – Asaxiy va Mohirdev kompaniyalarining hamkorlikdagi loyihasi. Bunda Mohirdevdan kurslar, Asaxiydan oʻrganish davri uchun kompyuterlar taqdim etiladi.

Mohirdevdan taqdim etilayotgan kurslar haqi Tamkeen fondi tomonidan qoplanadi.


Fond mablagʻi yoshlarga yordam berishni istagan xalq hisobiga toʻldiriladi.

Xondamir Nusratxoʻjayev
Loyihaning asosiy tashabbuskori
  • Islom taraqqiyot bankida Buxgalterlik hisobi, hisobot va analitika boʻlimi rahbari.
  • Xalqaro moliya hamda xalqaro islom moliyasi sohasida 26 yillik tajribaga ega.
  • Islom moliyaviy institutlari uchun buxgalteriya va audit tashkiloti (AAOIFI) Buxgalteriya kengasi aʼzosi.
  • ACCA, CSAA, CIPA, CIAE xalqaro malaka toifasiga ega mutaxassis.
Asaxiy.uz
“Asaxiy.uz” – elektron tijorat shaklida faoliyat yurituvchi O‘zbekistondagi ilk kompaniyalardan biridir. Unga 2015-yilda Firuz Allayev hamda Eldor G‘afurov tomonidan asos solingan va bugungi kunga kelib 100 dan ortiq xodim ishlaydigan, 8 ta offlayn do‘konga va hamkor sifatida ishlovchi 9 ta bo‘limga ega.
Mohirdev
Oʻzbekistondagi #1 onlayn ta’lim platformasi boʻlib, u 50 000 dan ortiq faol foydalanuvchilarga ega.

Soʻnggi 3 yilda 50000 mingdan ortiq talabaga dasturlash va AyTining turli yoʻnalishlarida sifatli taʼlim berib keladi.

Platformadagi kurslar yuqori tajribali xalqaro ekspertlar tomonidan yaratilgan. Bu esa nafaqat bilim, balki ishda zarur boʻlgan koʻnikmalarga ham ega boʻlish demakdir.
Moddiy qiyinchiliklar sabab kelajakdagi orzularingizdan kechmang
Imkoniyatni ushlab qoling
Bizning hamkorlarimiz